Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardiniyada daryo o‘zanidan chiqib ketdi, qurbonlar soni uch nafarga yetdi (video)

Sardiniyada daryo o‘zanidan chiqib ketdi, qurbonlar soni uch nafarga yetdi (video)

Foto: «Twitter»

Italiyaning Sardiniya oroliga tabiiy ofat yopirildi: kuchli yomg‘irlar oqibatida Chedrino daryosi o‘zanidan chiqib ketdi, deya xabar berdi «Corriere Della Sera».

Bitti kommunasida loyqa sel tom ma’noda ko‘chadagi odamlarni o‘pirib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘lgani, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. 200 ga yaqin odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga  favqulodda vaziyatlar xodimlari bilan birga o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring