Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda besh nafar ishchi o‘tin cho‘g‘idan zaharlandi

Samarqandda besh nafar ishchi o‘tin cho‘g‘idan zaharlandi

Foto: «bfoto.ru»

Samarqand shahrida besh nafar ishchi is gazidan  zaharlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 5-noyabrga o‘tar kechasi (soat taxminan 23:30da) Samarqand shahar Qorasuv massivi «Obod maskan» MFY hududidagi ko‘p qavatli uy-joy qurilishida ishlayotgan 5 nafar usta  yotoqxonani isitish maqsadida qo‘lbola temir idishda o‘tin cho‘g‘ini olib kirib uxlashi natijasida is gazidan zaharlangan.

Ayni paytda ular shifoxonada. Bemorlarga «Is gazidan o‘tkir zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring