Rossiya vaksinasida kimlar birinchi emlanishi ma’lum qilindi
Rossiyada koronavirusga qarshi emlash o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlaridan boshlanadi. Bu haqda 1 avgust kuni jurnalistlarga Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
«Vaksina ro‘yxatga olingani tasdiqlanganidan so‘ng, u qo‘llanila boshlaydi. Birinchi navbatda, kuzatuv ostida shifokorlar va o‘qituvchilar emlanadi», – dedi u.
Vazir joriy yil oktyabr oyida mamlakat aholisini ommaviy ravishda emlash rejalashtirilganligini ta’kidlagan.
Shuningdek, Murashko hozirgi vaqtda Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan SARS-CoV-2 vaksinasining klinik sinovlari yakunlanganligini bildirdi.
Avvalroq Rossiya vaksinasi sinovda qatnashganlarning 100 foizida immunitet hosil qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter