Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quvadagi «razbor» bir yigitning o‘limiga sabab bo‘ldi

Quvadagi «razbor» bir yigitning o‘limiga sabab bo‘ldi

Arxiv foto

Foto: Videolavhadan skrinshot

Quva tumanida ikki guruh «ko‘cha bolalari» o‘rtasidagi mushtlashuv bir yigitning o‘limi bilan yakun topdi. Voqelik 1-noyabr kuni kechasi sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Manbamizga ko‘ra, ikki o‘smir «gap talashib» qoldi. Keyin qoq yarim tunda «chetroq joyga chiqib», munosabatlariga oydinlik kiritishga kelishadi. Yigitlar belgilangan joyga bir o‘zlari kelmaydi: biri besh nafar, ikkinchisi sakkiz nafar «hammasligi» bilan tashrif buyuradi. Natijada kelishmovchilik battar kuchayib, ikki guruh o‘rtasida olatasir mushtlashuv yuz beradi. Buning oqibatida bir yigit olgan jarohati sabab vafot etadi.

Aytishlaricha, ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarining aksariyati Quva tumanining temiryo‘l stansiyasi atrofidagi «krutoy»lar ekan...

Hozircha voqelikka tegishli organlar bayonot bergani yo‘q. Biroq manbamizga ko‘ra, holat yuzasidan allaqachon Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi bilan (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) «ish» qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring