Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda bir kunda 6500 nafardan ziyod kovid-bemor aniqlandi

Qozog‘istonda bir kunda 6500 nafardan ziyod kovid-bemor aniqlandi

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-iyul kuni mamlakat bo‘yicha 6521 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Eng ko‘p bemorlar poytaxt Nursulton (1522 nafar), Olmaota (1080) va Chimkent (507)da qayd etilgan.

Mamlakatda pandemiya davrida virusni yuqtirganlar jami soni 522 638 nafarga yetdi. Shulardan 444 239 nafarini sog‘ayganlar tashkil etadi.

Qo‘shni mamlakatda epidemiologik holat tanglashmoqda, Nursultonda 26-iyuldan ayrim karantin cheklovlari kuchga kirishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring