Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum: asosiy raqamlar ochiqlandi

Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum: asosiy raqamlar ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Qozog‘iston Respublikasida 6-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan AES qurilishiga doir referendumda ovoz berish uchun 12 million 244 ming 683 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Bu haqda bugun, 5-oktyabr kuni Ostona shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Konstantin Petrov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Xabar.uz muxbiri.

MSK raisi o‘rinbosariga ko‘ra, mamlakat fuqarolari «Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?» degan savolga  javob qaytaradi.

«Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2024-yil 2-sentyabr kuni atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendumni 2024-yil 6-oktyabrda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Ammo aytish mumkinki, ushbu muhim masala bo‘yicha muhokamalar salkam 400 kun mobaynida davom etdi», — dedi Konstantin Petrov.

Qayd etilishicha, mamlakat rahbari AES qurilishi masalasini plebissit — umumxalq muhokamasiga qo‘yishni taklif etgan 2023-yil 1-sentyabrdanoq ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik, targ‘ibot va tushuntirish ishlari boshlangan.

Matbuot anjumanida qatnashgan MSK kotibi Muxtor Yerman ham referendumga doir ayrim raqamlar bilan o‘rtoqlashdi.

«Referendum uchastkalarining umumiy soni 10 323 tani tashkil etdi. Ularning 74 tasi Qozog‘iston hududidan tashqarida, ya’ni dunyoning 59 ta davlatida joylashgan», — dedi Muxtor Yerman.

Referendumda 30 davlatdan kelgan 177 nafar kuzatuvchi qatnashadi.

Ovoz berish 6-oktyabr kuni soat 7:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Referendumning yakuniy natijalari 7 kun ichida e’lon qilinadi.

Ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning yarmi qatnashgan taqdirda referendum bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring