Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston vaksina ishlab chiqarganini e’lon qildi

Qozog‘iston vaksina ishlab chiqarganini e’lon qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ShHT sammitidagi yig‘ilishda KazVac qozoq vaksinasi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.

"Qozog‘iston KazVac deb nomlangan milliy vaksinasini ishlab chiqardi va barcha klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini aytishim mumkin. Shu kunlarda qo‘shni mamlakatlarga insonparvarlik yordami sifatida yuboramiz", degan To‘qayev.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti ShHT raisligi O‘zbekistonga o‘tgani bilan Shavkat Mirziyoyevni tabriklab, muvaffaqiyatlar tiladi.

Ayni paytda ShHT yig‘ilishi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti ham nutq so‘zlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring