Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati uzaytirildi

Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, qolaversa, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati shu yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring