Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizlar jonli efirda o‘smirni pichoqlab, qotilligi bilan maqtanishdi

Qizlar jonli efirda o‘smirni pichoqlab, qotilligi bilan maqtanishdi

Foto: «Joseph Morris/YouTube»

Amerikaning Luiziana shtatidagi «Walmart» savdo markazida to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz o‘spirinni o‘ldirganlikda ayblanmoqda, deb yozadi «The Daily Dot».

Politsiya 12, 13 va 14 yoshli to‘rt nafar o‘spirinni hibsga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri 15 yoshli qizchani pichoqlagan. Jinoyat ishtirokchilari yuz berayotgan hodisani «Facebook» va «Instagram»da translyasiya qilishgan.

Videolarning birida qizlardan biri o‘spirinning naq yuragiga pichoq sanchganini maqtanayotgani eshitiladi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida mahalliy shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Gumonlanuvchilar vaqtincha voyaga yetmaganlarni saqlash markaziga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring