Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri hibsga olindi. Yana biriga esa qidiruv e’lon qilingan

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri hibsga olindi. Yana biriga esa qidiruv e’lon qilingan

Foto:«Inbusiness.kz»

2018-2020-yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri sifatida ishlagan Muhammadkaliy Abilgaziyev hibsga olindi. Bu haqda AKIpress kuchishlatar tizimlardagi manbasiga asoslanib xabar bergan.

Abilgaziyev avvalroq, noqonuniy boylik orttirishda ayblanib, Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirilgandi. 

Sobiq bosh vazir 26-yanvar kuni qo‘lga olingan. 

53 yashar Abilgaziyev bir qancha mojarolar bilan omma e’tiboriga tushgan. Shulardan biri «KT Mobayl» korrupsion sxemasiga aloqadorlik sanaladi. Sobiq vazirning qarindoshlariga qarashli ekani aytiladigan kompaniya rasmiylari amalda hech ish qilmasa ham, katta miqdorda pullarni o‘zlashtirishda ayblangan. 

Shuningdek, qator jurnalistik surishtiruvlarga ko‘ra, Abilgaziyevning Qirg‘izistonda tahsil ko‘rishi aytilgan qizi aslida AQShning Diablo Valley kollejida o‘qishi oydinlashgandi. 

Muhammadkaliy Abilgaziyev boshiga «qora bulutlar soya solgan» yagona sobiq bosh vazir emas. Undan avval ushbu amalga o‘tirgan Sapar Isoqov 2018-yilda qo‘lga olinib, hibs qilingandi. 2020-yil 6-oktyabr oyidagi to‘polonlar fonida Isoqov ozodlikka chiqdi va yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring