Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda qaynotasi bilan tortishgan kelin o‘zi va bolalarini poyezd tagiga tashladi

Qashqadaryoda qaynotasi bilan tortishgan kelin o‘zi va bolalarini poyezd tagiga tashladi

Foto: «Daryo»

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qaynotasi bilan tortishib qolgan kelin o‘zi va ikki nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, voqea kecha, 14 iyul kuni tong payti soat 05:00 da sodir bo‘lgan.

Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Aktam Beshimqulov voqeani tasdiqlagan. 

Shuningdek, Bosh prokuratura xabariga ko‘ra mazkur holat 2021 yil 11 iyul kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni Qarshi transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring