Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda mast o‘g‘il otasining qotiliga aylandi

Qashqadaryoda mast o‘g‘il otasining qotiliga aylandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mast o‘g‘il tanishidan ish haqini talab qilish uchun pichoq bilan uyidan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilgan otasini pichoqladi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, o‘g‘il 2020-yil 3-noyabr kuni soat 18:00 larda ko‘chada spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘z uyiga kelgan va fermer xo‘jaligida birga ishlagan tanishi bilan telefonda tortishib qolgan.

Sudlanuvchi qo‘liga pichoq olib, tashqariga chiqib ketayotganida uning 1955 yilda tug‘ilgan otasi o‘g‘lini to‘xtatib qolishga uringan va mast holatga ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan. Ota-bola o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘il pichoqni otaning chap ko‘krak sohasiga sanchib olib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring