Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda ikkita temir yo‘l va avtomobil yo‘li kesishmasi videokuzatuvga olindi

Qashqadaryoda ikkita temir yo‘l va avtomobil yo‘li kesishmasi videokuzatuvga olindi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Qarshi-Kitob va Qarshi-Talimarjon yo‘nalishidagi temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishadigan, qo‘riqlanadigan kesishmalarga zamonaviy videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Ushbu videokuzatuv tizimida tasvirga tushirilgan avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, tegishli chora ko‘rilishi uchun viloyat IIB YHX boshqarmasiga yuborilmoqda. Kesishmalarda kechayu-kunduz navbatchilik ham yo‘lga qo‘yilgan.

Xavfsizlik temir yo‘l transporti faoliyati uchun eng muhim omil hisoblanadi. Shu bois bu boradagi ishlarga keng qamrovda ahamiyat qaratiladi. Xususan, joriy yilning sentyabr oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi bilan birgalikda 11 ta o‘quv muassasalarida tahsil oladigan va 14 ta mahallalarda istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida temir yo‘l atrofida chorva mollari qarovsiz holda qoldirmaslik, yosh bolalar tomonidan poyezdlar g‘ildiragi ostiga tosh qo‘yilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tyshuntirish ishlari o‘tkazildi. Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga ko‘riladigan jazo choralari ham eslatib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring