Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyati hokimi Chiroqchidagi holatga izoh berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Chiroqchidagi holatga izoh berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov viloyat sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyat rahbari Chiroqchida YPX xodimlari ishtirokida sodir bo‘lgan holat haqida ham gapirgan.

— Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchidagi fuqaro va IIB xodimlari o‘rtasidagi holatni ham oqlamayman. IIB xodimi og‘ir, bosiq va madaniyatli bo‘lishi kerak-ku. Mayli, haydovchi aybdor, lekin IIB xodimi bunday paytda aql bilan ish tutishi kerak. Qochsa ham 1 soatda topish imkoni mavjud-ku hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda, — degan Murod Azimov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmay qochgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi xaqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring