Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behayo video evaziga pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Behayo video evaziga pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra ikkinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Qo‘qon shahrida Milliy gvardiya, IIO FMB va DXX mas’ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 22 fevral kuni kelib tushgan ushbu xabar o‘rganilganda Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro T.M.dan Xo‘qandiy mavzesida yashovchi «Barno» ismli ayol o‘zi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi holati tushirilgan video tasvirlar borligini aytgan. Ushbu video tasvirlarni o‘chirib tashlashlik uchun 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pulni talab qilganligi agarda bu pullarni bermasa, video tasvirlarni tarqatib, yaqinlariga ko‘rsatish orqali sharmanda qilishini aytib qo‘rqitib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahar Xo‘qandiy mavzesidagi ko‘p qavatli uylarning biri oldida o‘zaro kelishilgandek «Barno» ismli ayol va uning voyaga yetmagan jiyani Sh.R.lar birgalikda tovlamachilik yo‘li bilan fuqaro M.T.dan 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonida olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida «Barno» ismli ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.O. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring