Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Propiskaga «bog‘lab qo‘yilgan» xizmatlar soni kamayadi

Propiskaga «bog‘lab qo‘yilgan» xizmatlar soni kamayadi

«Aholi va tadbirkorlarga yengilliklar yaratish hamda byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan hamda yuridik shaxslarning pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar:

  • fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (nikohdan o‘tish, tug‘ilganlikni qayd etish va boshqa),
  • nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
  • xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish,
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida ko‘rikdan o‘tish,
  • transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil bo‘yicha amalga oshirilishi taklif etilmoqda.

Hozirda ushbu xizmatlar fuqarolarning doimiy yashash joylarida ko‘rsatilmoqda.

Muhokamada qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘tishingiz talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring