Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
“O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-434-son, 13.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo‘shimcha lavozimi kiritildi.
Quyidagilar Vakilning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;
- O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda puxta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish;
- O‘zbekiston hamda Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar vazirliklari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning fosh etilishiga ko‘maklashish hamda ushbu yo‘nalishlarda tezkor ma’lumot almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish;
- O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konsullik funksiyalarini bajarishga ko‘maklashish;
- O‘zbekistonning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hamda ko‘rib chiqish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter