Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yoshlar uchun muhim farmonni imzoladi

Prezident yoshlar uchun muhim farmonni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan:

2021 yilning avgust oyida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari (o‘quv qurollari, kitob, kiyim-kechak) uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu maqsadlar uchun 128 ming bolaga Davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi.

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining 2021/2022 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt summasi birinchi o‘quv yili uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

«Temir daftar», «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlari va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. 2 mingta yosh oilalarni uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini qoplashga Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida imtiyozli ta’lim kreditlarini berish joriy etiladi.

Nufuzli xalqaro reyting agentliklarining yetakchi 500 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimchalar to‘lash tizimi joriy etiladi.

2021 yil sentyabr oyidan boshlab, Toshkent shahrida ilg‘or xorijiy tajriba asosida Yoshlar biznes maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda shu yilda 1,4 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritishda yaxshi natijalarga erishish va xavf-xatarlardan himoyalanish usullari o‘rgatiladi. 2022 yilda Yoshlar biznes maktabining respublika miqiyosida filiallari tashkil etiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan yoshlarning «Biznesga birinchi qadam» startap loyihalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda 3 nafardan g‘oliblarga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi. Loyihalarni har biri uchun 50 mln so‘mlik grantlar beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring