Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident banklar faoliyatiga oid qonunni imzoladi

Prezident banklar faoliyatiga oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operatsiyalar ro‘yxati bir qator yangi bank operatsiyalari bilan to‘ldirildi.

Xususan, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

Qonunga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring