Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasida lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Prezident Administratsiyasida lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

Prezident farmoyishiga asosan Mahmudov Zikirilla Abbosovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Zikirilla Mahmudov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent islom universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Zikirilla Mahmudov o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring