Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda ikki nafar ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Poytaxtda ikki nafar ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 67 yoshli M.T. (ayol) da 12 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilgan, uy sharoitida davo muolajalarini olgan.

SSV xabariga ko‘ra, 20-iyul kuni esa nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning  3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

***

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 59 yoshli M.M. (ayol) da 15-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan.

Ta’kidlash joizki, bemorda 2014 yil buyrak transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan bo‘lib, 2017 yilda ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtagan va u doimiy gemodializ olib yurgan.

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Bemor  o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring