Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda kranlar ishlab chiqarishi mumkin

Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda kranlar ishlab chiqarishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polshaning «FUD» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Shu bilan birga korxona rahbari Zbignev Skshipkevich bilan ham uchrashuv tashkil etilgan.

«Dunyo» AAning xabar qilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda yuk ko‘tarish uskunalarini (kran) ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, «FUD» kompaniyasi 1898 yilda tashkil etilgan. U qurilish, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, tog‘-kon sanoati hamda avtomobil va temir yo‘l transporti tarmoqlari uchun maxsus kranlar, liftlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga ixtisoslashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring