Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polkovnik ota-onalardan harbiy qism oldida to‘planmaslikni so‘radi. Askarlar koronavirusdan himoyalangan (foto)

Polkovnik ota-onalardan harbiy qism oldida to‘planmaslikni so‘radi. Askarlar koronavirusdan himoyalangan (foto)

Kecha, 20 mart kuni Markaziy harbiy okrugida joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida 150 nafar samarqandlik chaqiriluvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga muddatli harbiy xizmatga kuzatildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

– Ayni damlarda fuqarolarni armiyaga kuzatish sinovli va esda qolarli bo‘lmoqda, – dedi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov. – Maxsus komissiya qaroriga asosan, mamlakatimizda xavfli infeksiyani tarqab ketishining oldini olish maqsadida ommaviy bayram tadbirlari vaqtincha cheklandi. Shu sababli, armiyaga kuzatilayotgan fuqarolarni ota-onasi va yaqinlari ushbu tantanali marosimda ishtirok eta olmayapti. Bu vaqtincha, albatta. Biroq, tuman va viloyat yig‘in puktlarida tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, chaqiriluvchilarni ota-onalari farzandlarini xizmatga kuzatish uchun harbiy qism hamda temiryo‘l vakzali oldida ommaviy yig‘ilmoqda. Bu esa hozirgi paytda o‘z hayoti va o‘zgalar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar. Xavotirga o‘rin yo‘q. Armiyada askarlar uchun uyidagidan ziyoda sharoit yaratilgan. Farzandini sog‘lig‘i haqida qayg‘urganlarga, shuni aytmoqchimanki, xavfga qarshi barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring