Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistondagi masjidda hudkush o‘zini portlatdi, 17 kishi qurbon bo‘lgan

Pokistondagi masjidda hudkush o‘zini portlatdi, 17 kishi qurbon bo‘lgan

Foto: Geo News.

Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda hudkush tomonidan sodir etilgan portlashda kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

Shuningdek, 90 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Geo telekanali xavfsizlik va sog‘liqni saqlash xizmatlari vakillariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 dan ortiq jabrlanuvchining ahvoli og‘ir. Yaradorlar Peshovardagi Lady Reading gospitaliga yotqizilgan. 

Xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, portlashni sodir etgan shaxs masjidda ibodat qilyotganlarning birinchi qatorida bo‘lgan.

Oldinroq voqea guvohlari portlash vaqtida masjidda kamida 120 kishi bo‘lganini, yaradorlar orasida asosan politsiyachilar borligini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring