Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zsanoatqurilishbank YeTTB bilan «yashil» moliyalashtirish vositalarini joriy etishni muhokama qildi

O‘zsanoatqurilishbank YeTTB bilan «yashil» moliyalashtirish vositalarini joriy etishni muhokama qildi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

O‘zsanoatqurilishbankda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Moliyaviy institutlar guruhi boshqaruvchi direktori F.Malij boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv qo‘shma loyihalarni amalga oshirish doirasida ilgari erishilgan natijalarning mantiqiy davomidir.

Uchrashuv davomida moliyaviy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holatiga doir dolzarb masalalar hamda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi.
Kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishning «yashil» instrumentlarini joriy etish sohasidagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibi doirasida tomonlar O‘zsanoatqurilishbank tizimida moliya institutini xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga doir masalalari ham muhokama etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusidagi o‘zaro munosabatlar rejalari borasida fikr almashdi va birgalikdagi tashabbuslarni implementatsiya qilish uchun navbatdagi qadamlar belgilandi.

Ma’lumot uchun: O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning faol bosqichi 2019 yilda boshlandi va bugunga qadar kichik va o‘rta biznes vakillari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid bir necha qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, savdoni moliyalashtirish, bank mijozlarining eksport-import amaliyotlarini moliyalashtirish, YeTTB kredit kafolatlari bilan tasdiqlovchi bank sifatida tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida faol hamkorlik olib borilmoqda.

Bundan tashqari, YeTTB g‘aznachilik amaliyotlarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish, shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank xodimlarining malakasini oshirish va mijozlarining moliyaviy savodxonligini yuksaltirish jarayonlarida ishtirok etadi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring