Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda ob-havo qanday bo‘lishini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda ob-havo qanday bo‘lishini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havoni hali ham sovuq antitsiklon belgilaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 20-21-yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha bo‘ladi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqgacha atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika yo‘llarida ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring