Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning harbiy dronlari borligi ma’lum bo‘ldi (video)

O‘zbekistonning harbiy dronlari borligi ma’lum bo‘ldi (video)

Videodan lavha

O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilayotgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, «LOChIN» nomli yangi va zamonaviy mazkur apparat Markaziy Osiyoda ilk bora O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Milliy brend ostida ishlab chiqilgan samolyot va kvadrokopter turidagi «Lochin» uchuvchisiz uchish apparati bir qancha maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, o‘rmon xo‘jaligi, temir yo‘llar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qilish, qo‘riqxonalarni, yo‘llarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim ob’yektlarni kuzatib borish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi.

Avvalroq ham Mudofaa sanoati qo‘mitasi mutlaqo yangicha qurolni taqdim etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring