Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga yana vaksina olib kelindi

O‘zbekistonga yana vaksina olib kelindi

Bugun yurtimizga 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
  • 20 499 668 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi "Sputnik V",
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 197 082 doza vaksinadan foydalanildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 007 732 nafarni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring