Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat  ko‘rsatgan artist, xonanda, bastakor Ravshan Namozov (1961-2022) uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod ma’lum qildi.

Ravshan Namozov 1961-yil 10-iyulda Termiz shahrida tug‘ilgan. Xonandalik faoliyatini 1989 yilda tashkil etilgan «Qars» guruhi tarkibida boshlagan. Qator xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi. «Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qo‘shiqlari bilan xalq e’tiboriga tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring