Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazish taklifini ma’qulladi

Senat saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazish taklifini ma’qulladi

Senat tomonidan «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi.

Shunga ko‘ra, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda.

Xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Shuningdek, quyidagi o‘zgartishlar kiritilmoqda:

-  saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda;
- siyosiy partiyalar tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so‘ng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartishlar bilan saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazish taklif qilindi.

Avvalroq, O‘zbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari 2021-yil 1-martdan boshlanishi xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring