Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar yangi tartibni bajarishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar yangi tartibni bajarishga majbur bo‘ladi

Hukumat qarori bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi («YMMT» IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

«YMMT» IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish «YMMT» IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, «YMMT» IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:

  • mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan;
  • xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun: «YMMT» IDAK prezidentning 2019-yil 31-oktyabrdagi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring