Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xitoyga gaz sotayotganlar «beshtaligi»da qayd etildi

O‘zbekiston Xitoyga gaz sotayotganlar «beshtaligi»da qayd etildi

O‘zbekiston Xitoyga gaz eksport qilayotgan davlatlar orasida dastlabki «beshtalik»da qayd etildi.

Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, gaz quvuri orqali Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinni egallagan.

Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish qiymati 916,7 million dollarni tashkil etgan. Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 152,5 foizga ko‘pdir.

Boshqarma ma’lumotlarida mamlakat import qilgan tabiiy gazning jismoniy hajmi ko‘rsatilmagan. Xuddi shunday, ushbu tegishli ustun barcha tabiiy gaz eksport qiluvchi mamlakatlar uchun bo‘sh qoldirilgan.

Mamlakat Bosh bojxona boshqarmasi keltirayotgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyga gaz quvuri orqali yoqilg‘i yetkazib beruvchi davlatlar orasida Turkmaniston birinchi o‘rinni egallagan: 8,23 milliard dollarlik mahsulot, o‘sish 53 foiz.

Shuningdek:

Rossiya – 3,1 mlrd dollar; o‘sish 82 foiz;
Myanma – 1,13 mlrd dollar, pasayish 2,6 foiz;
Qozog‘iston – 996,5 mln dollar, o‘sish 15,2 foiz;
O‘zbekiston – 916,7 mln dollar, o‘sish 52,5 foiz.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi joriy yil yanvar-sentyabr oylari uchun statistik ma’lumotlarida joriy yilning 9 oyida Xitoyga 779 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilinganini qayd etgan edi.

Joriy yilning may oyidagi Xitoy bojxona bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarda esa 2022-yilning dastlabki 4 oyida Xitoy O‘zbekistondan 132,8 mln. dollarlik gaz sotib olgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring