Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi.

Ma’muriy islohotlarni izchil davom ettirish yo‘lida o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimining samaradorligini oshirish, ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish orqali aholi farovonligini ta’minlash va «mobil boshqaruv apparati»ni yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi doirasida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni realizatsiya qilish maqsadida:

2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

ma’muriy islohotlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati o‘zaro kelishilgan tarzda, samarali olib borilishini, sustkashliklar va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ymasligini ta’minlash, shuningdek, ishchi guruhlari ishini puxta va sifatli tashkil qilish, mazkur farmoyishda belgilangan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qo‘shimcha vazifa va funksiyalarini belgilash;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat siyosatini amalga oshirish, nazorat funksiyalarini bajarish, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi funksiyalarini bo‘lish;

vazirlik va idoralar faoliyatida aniq ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishish tizimini joriy qilish;

davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining zamon talablariga mos ravishda puxta ishlab chiqilishi hamda kiritilishini ta’minlash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring