Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish uchun to‘g‘ri qadamlar tashlayapti» – Kaan Terzioglu «Financial Times» uchun O‘zbekistondagi islohotlar haqida

«O‘zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish uchun to‘g‘ri qadamlar tashlayapti» – Kaan Terzioglu «Financial Times» uchun O‘zbekistondagi islohotlar haqida

«O‘zbekiston shu yo‘lda ketishda davom etadigan bo‘lsa, kelajagi porloq bo‘lishi, shubhasiz. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini erkinlashtirish hamda ta’limga katta sarmoya kiritish mintaqadagi barqarorlikning asosiy omilidir».

Nufuzli «Financial Times» iqtisodiy gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach O‘zbekistonda ro‘y bergan liberal o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari tahliliga bag‘ishlangan katta tahliliy maqola e’lon qilindi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, dastlabki ijobiy o‘zgarishlar – valyuta bozorini erkinlashtirish, soliq tizimidagi islohotlar, axborot olish va uzatishning osonlashishi kabilar yaxshi samara bergan.

Xususan, VEON kompaniyalar guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu O‘zbekistonning kelajagidan xavotirda emasligini bildirgan:

Men O‘zbekiston hukumati vakillari, amaldorlar biznesni juda tez boshqarishayotganini, investorlar bilan doimo ochiq muloqotga tayyorligini, iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘lida chindan ham to‘g‘ri qadamlar tashlashayotganini ko‘ryapman, — deydi u. — Fikrimcha, agar O‘zbekiston shu yo‘lda ketishda davom etadigan bo‘lsa, kelajagi porloq bo‘lishi, shubhasiz. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini erkinlashtirish hamda ta’limga katta sarmoya kiritish mintaqadagi barqarorlikning asosiy omilidir».

VEON – dunyoning 9 ta mamlakatida 213 milliondan ziyod abonentga ega global telekommunikatsiya va internet-xizmatlar provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida kotirovka qilinadi. VEON kompaniyalar guruhiga Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar taqdim etuvchi «Unitel» MChJ ham kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring