Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)

Qozog‘istonda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Nur-Sulton shahrida mamlakatimiz elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Qasim-Jomart Toqayev ramziy bog‘ichni kesib, yangi binoni tantanali ravishda ochdilar.

Prezidentlar elchixonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Zamonaviy bino yurtimiz quruvchilari tomonidan barpo etilgan. Xonalar milliy uslubda bezatilgan.

Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik bo‘limi, xodimlar uchun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonchalari joylashgan.

Muzokara xonalari, anjumanlar zalida barcha sharoitlar mavjud. Elchixonaning o‘z kutubxonasi ham bor.

Ish jarayonlarini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan, axborot texnologiyalari keng joriy qilingan. Bu yerdagi interfaol uskunalar muzokaralarni onlayn shaklda o‘tkazish imkonini beradi. Konsullik faoliyati uchun «elektron navbat» tizimi o‘rnatilgan, bu yerga keluvchilar ma’lumotlarni interfaol tarzda olish imkoniyatiga ega.

Alohida ehtiyojli odamlar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi elchixona binosida barchasi ish sifati va samarasi yuqori bo‘lishiga, qardosh mamlakat bilan sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring