Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bu borada eng optimal yo‘lni tanladi (video)

Kecha, 17 noyabr kuni Toshkentdagi Amiti universitetida BMT taraqqiyot dasturi, AKT vazirligi va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida o‘tkazilayotgan «O‘zbekistonda raqamli transformatsiya va elektron hukumat reytingi» bo‘yicha seminarga start berildi.

Tadbirni AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Navbatdagi so‘z BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaga berilib, u raqamli texnologiyalarning dunyodagi ahamiyati, mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida gapirdi. Shuningdek, O‘zbekiston ham bu borada eng optimal yo‘lni tanlaganini ta’kidladi.   

Seminarda elektron hukumat bo‘yicha o‘qitishda dunyoda yuqori ko‘rsatkichga erishgan kompaniya – Estoniya elektron boshqaruv akademiyasi ijrochi direktori Xannes Astok boshchiligidagi delegatsiya ishtiroki ta’minlanib, ular uch kun davomida raqamlashtirish va elektron hukumat reytingi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib, mashg‘ulotlar o‘tishadi.

Bugungi seminarda 44 ta davlat boshqaruv organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari va mas’ullari qatnashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring