Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston BPO xizmatlariga ixtisoslashadi (video)

Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Jahon Banki bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarida autsorsing (BPO)» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda raqamli ish o‘rinlarini yaratish, shu jumladan, yoshlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO), shuningdek bilim jarayonlari autsorsingi (KPO) xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston hukumati IT-autsorsing salohiyatini yorqin namoyon etgan holda, aholi, ayniqsa, yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish uchun barcha viloyat va tumanlarda BPO‘ga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etib, ushbu imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Tadbirda  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Jahon Bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli, shuningdek mamlakatimiz mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etib, raqamli rivojlanishning bugungi holati va istiqbollari, baholash usullari hamda O‘zbekistonni raqamli rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida O‘zbekistonda BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, bu jarayonlarga yoshlarni keng jalb etish, autsorsingga ixtisoslashgan kompaniyalar tajribasi haqida ma’lumotlar berildi. Bu haqda batafsil videoreportajda so‘z boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring