Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston avtomobil bozorida avgust oyi savdosi 9 foizga o‘sgan

O‘zbekiston avtomobil bozorida avgust oyi savdosi 9 foizga o‘sgan

Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada avtotransport vositalarining umumiy savdosi 9 foizga o‘sib, 111 ming donadan oshdi. Yillik faollik 25 foizga kamaydi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Jumladan, yengil avtomobillar savdosi 11 foizga oshib, 102 ming donani tashkil etdi, bu joriy yilning fevral oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Biroq, o‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillar savdosi 24,6 foizga qisqarishda davom etdi. Shunday qilib, oylik o‘sishga qaramay, yillik dinamika zaifligicha qolmoqda.

Yengil avtomobillarni sotishning hududiy tendensiyalari avgust oyida eng yuqori o‘sish Surxondaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida mos ravishda 54 foiz, 25,4 foiz va 24,8 foizga qayd etilganini ko‘rsatmoqda.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotuv sur’atlarini oshirish tendensiyasi davom etdi. Xususan, bunday avtomobillar savdosi 22 foizga o‘sish bilan 34 mingtani tashkil etdi. Yillik hisobda 5 foiz faollik o‘sishi kuzatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring