Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quv mashg‘uloti: Blok-postni buzib o‘tgan noqonuniy qurollangan shaxslar qo‘lga olindi

O‘quv mashg‘uloti: Blok-postni buzib o‘tgan noqonuniy qurollangan shaxslar qo‘lga olindi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi sanatoriya yo‘nalishiga o‘rnatilgan blok-post xizmati to‘satdan tekshirildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Okrug qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, noqonuniy qurollangan kichik guruh yengil avtomobilda harakatlanib, vaqtincha tashkil etilgan blok-postni buzib o‘tadi va tezkorlik bilan yashirinadi.

Blok-postda navbatchilik qilayotgan harbiy xizmatchilarning to‘siq buzib o‘tilgandan keyingi taktik harakati, psixolok holati va tezkor tadbirlarni hamkorlikda bajarish amaliyoti ko‘rib chiqildi.

Baxmal sanatoriyasi yo‘nalishidagi blok-post vaqtincha tashkil etilganiga qaramasdan, harbiy xizmatchilar karta yordamida yo‘llar, tog‘ oldi hududlari, qishloqlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqishgan.

To‘siq buzilganidan so‘ng shaxsiy tarkib ikki guruhga bo‘linib, harakatlandi. Jangovar texnikada ta’qibiga olingan noqonuniy qurollangan guruh mashinasini 20 daqiqadan so‘ng ikkinchi guruh texnikasi pistirmada kutib oldi.

Yengil avtoulov portlashdan keyin, izdan chiqib to‘xtadi. Qo‘lga olish guruhi jinoyatchilarni qurolini tashlash haqida ogohlantirdi. Ammo bu foyda bermagach, harbiylar shiddat bilan hujumga o‘tdi.

Okrug qo‘mondoniga blok-post boshlig‘i vaziyat haqida ma’lumot yetkazdi. Ya’ni mashinada uch nafar qisman harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar harakatlanishgan. Ulardan 1 nafari taslim bo‘ldi. Tekshirish davomida 2 ta AK-74 quroli, 1 ta Makarov pistoleti va portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida qo‘lga olindi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulot ko‘rinishidagi to‘satdan tekshiruv tadbirlari Samarqand va Jizzax garnizonidagi blok-postlarda ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring