Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va 18 yoshga to‘lmaganlar paxta terimiga chiqarilmaydi

O‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va 18 yoshga to‘lmaganlar paxta terimiga chiqarilmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirokida Mirishkor tumanida 2019-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yig‘im-terimda ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish haqida gapirildi.

Mirishkor tumanida 185 ta terim otryadlari tuzilib, ularning har birisiga 100 dan ortiq terimchi jalb etildi.

Qayd etildiki, 18 yoshga to‘lmagan yoshlar, umumta’lim maktablari yoki boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari, tibbiyot xodimlarini paxta yig‘im-terimiga jalb etish qat’iyan taqiqlanadi. Shuningdek, aholini majburan paxta terimiga olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu hol kuzatilgan taqdirda tegishli jazo choralari qo‘llaniladi. Terimchilarni tushlik, ichimlik suvi bilan ta’minlash, paxta maydoniga olib borish va olib kelish fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshiriladi.

Foto: «Xabar.uz»

Otryad rahbarlarining har biriga qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.

         F.Xolmirzayev

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring