Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar o‘limga olib keladigan ertalabki odatlarni ma’lum qilishdi

Olimlar o‘limga olib keladigan ertalabki odatlarni ma’lum qilishdi

Foto: «Wday.ru»

Olimlar jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan va erta o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan ertalabki odatlar ro‘yxatini tuzdilar. Bu haqda «Moskovskiy komsomolets» xabar bermoqda.

Nonushtadan voz kechish yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 87%ga oshiradi. Bu odamning vazniga ham ta’sir ko‘rsatadi: uyg‘ongandan keyingi dastlabki soatlarda yaxshi ovqatlangan odamlar kun davomida ikki barobar ko‘p kaloriya sarflashadi.

Atigi 25 gramm cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish ehtimolini 20 foizga oshiradi.

Yana bir tadqiqotga ko‘ra, ertalab meva sharbatlari va shirin ichimliklar ichish diabet xavfini 16 foizga oshiradi. Olimlar sharbatlarni oddiy mevalar bilan almashtirishni maslahat berishadi. Qora qahvani och qoringa iste’mol qilish qondagi glyukoza darajasiga kuchli ta’sir qiladi, shuning uchun uni ovqatdan keyin ichish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring