Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ktam Salomov lavozimidan ozod etildi

O‘ktam Salomov lavozimidan ozod etildi

Foto: «t.me/xushnudbek»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Salomov O‘ktam Rahimovich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OO‘MTV Axborot xizmati xabar berdi.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, u Farg‘ona politexnika institutiga rektor bo‘lishi kutilmoqda.

Salomov O‘ktam Rahimovich 2020-yil 29-iyunda Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Mazkur tayinlovga qadar O‘ktam Salomov 2019-yilning iyun oyidan buyon Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan edi. Bungacha esa u Andijon mashinasozlik instituti rektori bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring