Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar ko‘paydi» – Senatorlar

«Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar ko‘paydi» – Senatorlar

Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Senatorlarning qayd etishicha, respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga ko‘paygan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam o‘ldirish 13, badanga og‘ir shikast yetkazish 13, nomusga tegish 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.

Tezkor-qidiruv va izlov yig‘majildlarini o‘rganish, fosh etilmagan ishlar bo‘yicha keskin muhokamalar o‘tkazish, tadbirlarni jadallashtirish ishlari deyarli bajarilmagan. Oqibatda respublika bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan.

Shuningdek, Tergovga qadar tekshiruv va tergov ustidan nazorat ham samarali tashkil qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring