Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noxush rekord yangilandi

Noxush rekord yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bugun mamlakatimizda 281 holatda kasallik qayd etilgan. Bu yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha, avvalroq qayd etilgan 276ta kasallanish holati eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turgandi.

Qayd etilishicha, bugun kasallanganlarning 255 nafari Karantin muassasalarida, 25 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilinganidek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 135 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 2 nafar) sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8503 nafar bemordan 5682 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2795 nafar bemordan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40 218 nafar, statsionar karantinda esa 24 168 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring