Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noxush rekord yana yangilandi, yetti bemor vafot etdi

Noxush rekord yana yangilandi, yetti bemor vafot etdi

2021 yil 23 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 123559 (+773) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 94 nafari Jizzax viloyatida,
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 33 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 88 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 81 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 29 nafari Xorazm viloyatida,
  • 95 nafari Toshkent viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 117962 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 826 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring