Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nasaf» va «Bunyodkor» futbol maktabi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

«Nasaf» va «Bunyodkor» futbol maktabi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

2019 yilning 29 oktyabr sanasida OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, «Bunyodkor» futbol akademiyasining bugungi faoliyati yaqindan tanishgandi. Bundan tashqari ishchi guruh «Nasaf» futbol maktabining faoliyatini ham o‘rgangan edi. Qarshi shahri sharafini himoya qiladigan klub matbuot xizmati xodimi Sardor Nurov tomonidan xabar qilinishicha, bu ikki klub futbol maktabi ikki yulduzli akademiya maqomini olgan.

«O‘zingizga ma’lum, «Nasaf» futbol maktabi milliy terma jamoa va yurtimizning turli yoshlardagi jamoalariga futbolchilar yetkazib bermoqda. Bunga birgina misol qilib Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan to‘qqiz nafar futbolchilarimizni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bular: Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov, Sherzod Nasrullayev, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov, Abduvohid Ne’matov, Dilshod Saitov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonovlar.

4 fevral kuni OFK «Nasaf» hamda «Bunyodkor» akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon futbol maktabiga bir yulduzli maqomi berilganligi bo‘yicha rasmiy hujjatni e’lon qildi», — deya yozadi Sardor Nurov.

Ma’lumot uchun, Osiyo davlatlari orasida uch yulduzli maqomga faqatgina Qatarning mashhur «Espayr» akademiyasi ega hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring