Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Narxi 1 dollarlik eshitish qurilmasi yaratildi

Narxi 1 dollarlik eshitish qurilmasi yaratildi

Foto: «Ferra.ru»

Jorjiya texnologiya instituti (AQSh) olimlari narxi 1 dollarlik eshitish apparatini yaratishdi. Bu haqda «PLOS ONE» fan nashri yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda qariyb 200 million kishi yaxshi eshitmaslikdan qiynaladi. Eshitish qurilmalarini topish esa ko‘pincha muammo, buning ustiga narxiyam osmonda. Hech mubolag‘asiz, jorjiyalik olimlar haqiqiy inqilob yasashdi.

Olimlarga ko‘ra, ushbu qurilmaning narxi, barcha jamlanmalari bilan birga, 1 dollar atrofida. Qurilmaning korpusi 3D-printerda chiqariladi, dasturiy ta’minoti esa ochiq kodli.

Eng ajablanarlisi, bu qurilmani istagan odam yasay oladi. Qurilma ma’lumotlari (jumladan, chizmalari)ni internetdan bepul ko‘chirib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring