Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narpayda mudhish YTH: ikki kishi vafot etdi, yana ikkitasi og‘ir ahvolda qolmoqda

Narpayda mudhish YTH: ikki kishi vafot etdi, yana ikkitasi og‘ir ahvolda qolmoqda

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

16-mart kuni Samarqand viloyati, Narpay tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Unda 29 yoshli A.Ya. «Lacetti» rusumli avtomashinasida xavfsizligi qoidalarini buzgan holda avtomobil yo‘lini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqni urib o‘tib, ushbu yo‘lning ikkinchi qismi bo‘ylab 53 yoshli I.J. boshqaruvida 18 nafar yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotgan «Gazel» rusumli avtomashinaga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

«Gazel» rusumli avtomashina haydovchisi I.J. va shu avtomashinaning yo‘lovchisi 61 yoshli R.S. hodisa joyida vafot etgan, ushbu avtomashinaning 2 nafar yo‘lovchilari og‘ir va 9 nafar yulovchilari yengil darajadagi tan jarohati olgan bo‘lib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan 6 nafar yo‘lovchilar tan jarohati olmaganligi aniqlangan. Shuningdek, «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi A.Ya. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring