Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangandagi suv omboridan ona-bolalarning jasadi topildi

Namangandagi suv omboridan ona-bolalarning jasadi topildi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26-oktyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Eski yer» suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2020-yil 26-oktyabr kuni soat 17:00 larda Yangiqo‘rg‘on tumani, Navkent mahallasida yashovchi ayol N.G‘. (1984-y.t., sudlanmagan, uy bekasi) shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i oilasiga tegishli bo‘lgan 2,0 gektar tutzor uchun ajratilgan yer maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bo‘lib, bu haqida xat yozib qoldirgan.

So‘ng, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan tumandagi «Yangiqo‘rg‘on eski yer» suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularning cho‘kib o‘lganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, o‘zini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring