Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+211. Namanganda koronavirus yuqtirish keskin ko‘paydi

+211. Namanganda koronavirus yuqtirish keskin ko‘paydi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 16-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 313 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring